Prezidentning «El-yurt umidi» stipendiyasi joriy etiladi

Bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «El-yurt umidi» stipendiyasi joriy etiladi.
Qayd etilishicha, «El-yurt umidi» stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi hamda test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.
Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:
- birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
- birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
- birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter