Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etiladi

Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etiladi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.

Bu borada Prezidentning PF-77-son farmoni qabul qilingan.

«El-yurt umidi» jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilar belgilandi:

  • professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganib borish;
  • nomzodlarni vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari ehtiyojlariga mos holda professional yo‘naltirish;
  • stipendiatlarning O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha takliflar kiritish;
  • mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada oshirish uchun stipendiatlar salohiyatidan samarali foydalanish.

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:

  • vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari orasidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi;
  • stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachilar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan belgilanadi;
  • maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka o‘tashda zarur bo‘ladigan xorijiy tilni o‘rganishi uchun vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring