Prezidentga murojaatdan so‘ng Xo‘jaobod hokimi ishdan olingani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonning Xo‘jaobod tumani hokimi Otabek Rasulov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar tarqaldi. Hali rasman tasdiqlanmagan shu mazmundagi xabarlarga ko‘ra, hokimning faoliyatidan norozi bo‘lgan mahalliy kengash deputatlarining Prezidentga murojaatidan so‘ng masala respublika rahbarlik idoralari tomonidan o‘rganilgan. Natijada O. Rasulovni vazifasidan ozod etish lozimligi haqida xulosaga kelingan.
Bundan tashqari, Asaka tuman hokimi ham lavozimidan olingani haqida xabarlar bor. Mazkur xabar ham hali rasman tasdiqlangani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter