Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident sovg‘asi sifatida berilgan xonadonga soxta kadastr hujjati yasab pul ishlamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Prezident sovg‘asi sifatida berilgan xonadonga soxta kadastr hujjati yasab pul ishlamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Foto: IIV matbuot xizmati

2021-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVga fuqaro G.N. ariza bilan murojaat qiladi.

U pul zarurligi tufayli «Toxir» va «Gulmira» ismli shaxslardan $10 ming qarzdor bo‘lib qolgani, vaqt o‘tib qarzini foizi bilan $17300 qilib qaytarib berishini talab qilishayotganini ma’lum qiladi.

Fuqaro G.N.da buncha pul yo‘qligini bilgan «Toxir» va «Gulmira» unga yashash xonadonini sotib, pullarni berishlarini talab qiladi. U esa ushbu xonadon ularga ko‘p bolali oila bo‘lishganligi uchun prezident sovg‘asi sifatida berilganligini, uyning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmaganligini aytadi.

Bundan foydalangan «Toxir» va «Gulmira» firibgarlik yo‘li bilan mo‘may daromadni qo‘lga kiritish maqsadida til biriktirib, unga uy uchun kadastr hujjatini tayyorlab berishlarini aytishadi. So‘ngra uyning kadastr hujjatini $10 ming evaziga Mirobod tumani hokimiyatidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishganligini aytib, ushbu pullarni ham qo‘shib, jami $27300 ni berishini talab qiladi.

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.T. va A.G.lar «Yalpiz» kafesida $27300 ni olib, unga noutbukda yasalgan soxta kadastr hujjatini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring