Prezident sirdaryolik otaxonga avtomobil sovg‘a qildi
Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi bog‘bon Tursunboy ota Aripovga prezident sovg‘asi topshirilgan.
– Prezidentimizning tumanimizga tashrifi mening hayotimda eng baxtli, esda qolarli kun bo‘ldi, – deydi Tursunboy ota. – Tashrif chog‘ida yurtboshimiz menga «Treker» avtomashinasini sovg‘a qildi. Keyin mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishimni aytdi. Ishonsangiz, haligacha hayajonim bosilgani yo‘q. Xushxabarning qo‘shqanoti bo‘ladi, deganlaridek, mahalla- ko‘y, tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, vodiydagi qarindoshlar, do‘st-birodarlarning tabriklari og‘ushida yashayapman. Farg‘ona vodiysining Oltiariq tumanidagi Uzumchi mahallasi singari endi bizning mahalla aholisi ham uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Hamqishloqlarimga bu borada qo‘limdan kelganicha xizmat qilaman.
Otaxon 2011 yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshlaydi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oladi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko‘paytirmoqda. Otaxon yangi «abatar» navini payvand qilganini aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter