Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «qudratli markazlar»ning bosimi haqida gapirdi

Prezident «qudratli markazlar»ning bosimi haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengayishining yig‘ilishi boshlandi.

«Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun mas’ul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masaladir», — dedi davlat rahbari.

Prezident yig‘ilganlar e’tiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani, bu 2016 yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.

«Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan «O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdig‘ini birgina ana shu misolda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bu ishlar dastlabki qadamlar bo‘lib, kelgusida yanada kengayib boradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olmoqda. Ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz bermoqda.

«Ilgari o‘z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yo‘liga o‘tganiga hammamiz guvohmiz.

Afsuski, bunday keng ko‘lamli va o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti.

Ana shunday g‘oyat murakkab va tahlikali vaziyatda O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish albatta oson bo‘lmayapti.

Biz dunyodagi uzoq-yaqin barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayapmiz», —dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring