Prezident Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tadbirda mintaqamiz mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.
Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter