Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Osiyoning nufuzli sport rahbarlarini qabul qildi

Prezident Osiyoning nufuzli sport rahbarlarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni Butunjahon suzish federatsiyasi rahbari, Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn al-Musallam va Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyni qabul qildi.

Sport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda professional va ommaviy sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ushbu xalqaro sport tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Butunjahon suzish federatsiyasi bilan sheriklikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonda suv sporti turlari uchun zamonaviy va hammabop infratuzilma yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda yirik xalqaro musobaqalar, Osiyo Olimpiya kengashi Assambleyasi yig‘ilishi va Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining yirik tadbirlarini o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring