Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qaroriga ko‘ra ochilgan universitet filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Prezident qaroriga ko‘ra ochilgan universitet filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi «Toshkent shahrida «D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti» Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4352-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahrida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining filiali faoliyat ko‘rsatishni boshladi.

Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, universitet bilan kelishilgan olgan holda, Filial bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi.

Joriy yil 27 may kuni D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali yangi binosining tantanali ochilish marosimini o‘tkazildi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining vakillari, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi rahbariyati va oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati rahbar-xodimlari, tashkilot tizimidagi korxonalar rahbarlari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

Filialda bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qish quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilidi:

1. Kimyo texnologiyasi;
2. Texnosfer xavfsizlik;
3. Materialshunoslik va meteriallar texnologiyasi;
4. Materiallarni badiiy qayta ishlash texnologiyasi.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlari «O‘zkimesanoat» aksiyadorlik jamiyati va iqtisodiyotning boshqa tarmoq korxonalarining kimyo-texnologik yo‘nalishdagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilangan.

Bir asrdan ko‘p tarixga ega D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti kimyo sanoati va ilm-fanni bevosita rivojlantirishga hissa qo‘shgan 100 mingdan ortiq muhandislarni yetishtirgan.

Universitet Rossiyadagi kimyoviy va texnologik universitetlar orasida eng yuqori reytingga ega va MDHdagi eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘zbekistonda universitet tarixi chuqur ildizga ega bo‘lib, Ikkinchi Jahon urushi davrida 1941-yil 16-oktabrdan 17-noyabrgacha Qo‘qon shahriga evakuatsiya qilingan va 1943-yil martigacha to‘liq faoliyat yuritgan.

Filialning yangi zamonaviy binosi zarur mebel, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kutubxona fondi, kompyuter va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan, shuningdek, katta ma’ruzalar zali, 2-qavatli laboratoriya binosi, yopiq sport zal, 3 ta ochiq sport maydonlari (mini futbol, basketbol), 200 o‘rinlik oshxona, 4-qavatlik 225 o‘rinlik yotoqxona hamda o‘z anfiteatrigi ega. Bu yerda talabalar o‘qishi va yashashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Asosiysi universitet talabalarning kasbiy tayyorgarligi nafaqat «O‘zkimesanoat» AJ tizimidagi yirik korxonalar, balki farmatsevtika, neft-gaz va energetika sanoati korxonalarida ham olib boriladi. Bu esa talabalariga o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini oliy ta’lim muassasasini bitirmasdanoq amaliyotda qo‘llash imkonini beradi va ularni malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

«O‘zkimyosanoat» AJ Matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring