Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident o‘qituvchilarga murojaat qildi

Prezident o‘qituvchilarga murojaat qildi

«Men bugun 590 ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylarga murojaat qilmoqchiman. Bugungi yoshlarimizning talabi juda katta.

Oddiygina telefonni katta avlod tushunmaydi. Ammo uni kuzatgan bolalarimiz biz kattalarga savol berib qiyin vaziyatga solib qo‘yishyapti. Dunyo voqealariga oid masalalarga qiziqishyapti.

Farzandlarimizni aldab bo‘lmaydi. Bugun informatsion texnologiyalarni sinfxonaga kirgan o‘qituvchiga nisbatan o‘quvchilar ko‘proq bilishadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi», — dedi Prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, ayrim fanlarni qisqartirtirish masalasiga ham to‘xtaldi.

«Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni ko‘paytirarmiz. Negadir biz qisqartirishdan qo‘rqamiz.

Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?

Biz «Bolalar yomon bo‘lib ketdi» degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz.

Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring