Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi uchun bir necha milliard dollar ajratmoqchi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Bu haqda Xabar.uz manbasi ma’lum qilib o‘tdi.
Davlat rahbari bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazishni rejalashtirgan va aniq raqamlar yig‘ilishda ma’lum bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘rinda gap bir necha milliard dollar haqida ketmoqda.
Jumladan, qariyb 3 ming kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablag‘ ajratiladi. Shuningdek 60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi.
Bunday hajmdagi ishlar o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda hali amalga oshirilmagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter