Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident matbuot kotibi qaysi vaksina bilan emlanganini ochiqladi

Prezident matbuot kotibi qaysi vaksina bilan emlanganini ochiqladi

Bugun prezident matbuot xizmati brifing o‘tkazgani bo‘yicha xabar berilgandi

Brifingda jurnalist Dilshoda Rahmatova prezident matbuot kotibi koronavirusga qarshi emlanganiga qiziqdi. 

Matbuot kotibi Sherzod Asadovga ko‘ra, Prezidenti administratsiyasi xodimlarini vaksinatsiya qilish jarayonlari dastlab 65 yosh va undan yuqori yoshdagilar, surunkali kasalligi bor bo‘lgan xodimlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishi tashkillashtirildi. Bunda respublikamizda mavjud bo‘lgan vaksinalardan foydalanildi.

— Shaxsan men, 7-iyun kuni ZF-UZ-VAC2001 (Xitoy-O‘zbekiston) vaksinasi bilan emlandim. Xabaringiz bor, bu vaksinani ishlab chiqarishda o‘zimizning olimlarni ham hissasi bor. Men shuni tanladim,— deydi Asadov.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring