Otabek Umarov tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoq va OAVlarda Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, Prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarovning Tesla elektromobilini katta tezlikda boshqargani videosi tarqalgan edi. Ushbu voqea keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Otabek Umarov Instagramdagi o‘z rasmiy bayonotida mazkur voqea bo‘yicha tushuntirish berib,yo‘l qoidasini buzgani uchun jarimani to‘laganini bildirgan.
«Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq videoning tarqalgani Prezidentimizning ochiqlik va so‘z erkinligi siyosati amalda ekanini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.
Jurnalistlar va blogerlar haqiqatan ham real hayotimizda bor muammolarni ko‘tarib chiqayotgani quvonarli. Sizlar jamiyatda ro‘y berayotgan voqealarga befarq emasligingiz, odamlarning mavqei va lavozimidan qat’i nazar tanqid qilayotganingiz bizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga va tartibga rioya qilishga chaqiradi.
Bugunoq barcha jarimalar to‘landi.
Qonun barcha uchun barobar!
Shu fursatdan foydalanib, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!» deya bayonotni tugatgan Umarov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter