Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan yangi agentlik tashkil etildi

Prezident farmoni bilan yangi agentlik tashkil etildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi.

Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Farmonga ko‘ra, Agentlikka iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, uni buzgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish uchun sudga murojaat qilish kabi huquqlar berildi.

Shuningdek, Agentlik chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazishi, ularni ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qilishi mumkin.

Agentlik va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari sudga kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Agentlikka Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring