Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident YeI vakili va "Gazprom neft" raisini qabul qildi

Prezident YeI vakili va

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi.

YeI maxsus vakili Yevrokengash Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni "O‘zbekiston neft va gazi" xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring