Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident borgan qishloqdagi korxonada 500 kishi ishli bo‘ldi

Prezident borgan qishloqdagi korxonada 500 kishi ishli bo‘ldi

Ayni paytda 500 nafar mahalliy yosh ish bilan ta’minlandi.

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Qiziltepa tumanidagi Uzilishkent mahallasida ham bo‘lgandi. Bu yerda chet el zamonaviy texnologiyasi asosida paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan «Toshrabot textile» korxonasining qurilish loyihasi bilan tanishgan va uning bunyod etilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

«Xabar.uz» muxbiri bergan ma’lumotga ko‘ra, yaqinda tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Toshrabot textile» fabrikasi ish boshladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 6,5 million AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lishi kutilayotgan fabrika TIF Milliy bankining 14 milliard so‘mlik krediti hamda korxonaning 3,5 milliard so‘mlik mablag‘i asosida faoliyat boshladi.

Turkiya, Xitoy va Tayvan davlatlaridan keltirilgan 300 ta zamonaviy tikuv mashinasi va 30 ta to‘quv dastgohi o‘rnatildi. Texnologik jihozlar uchun qariyb 10 milliard so‘mlik mablag‘ sarflandi. Ayni paytda 500 nafar mahalliy yosh ish bilan ta’minlandi.

Kelgusida fabrikaning navbatdagi bosqichi ham foydalanishga topshirilgach, yana shuncha qo‘shimcha ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring