Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Hayit arafasida 65 kishini afv etdi

Prezident Hayit arafasida 65 kishini afv etdi

Ramazon hayiti arafasida Prezident adashib jinoyatga qo‘l urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda prezident yig‘ilishida aytib o‘tildi. 

Mutasaddilarga ushbu fuqarolar bayramni o‘z uyida, yaqinlari bag‘rida kutib olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari oldiga bayram yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

«Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, odamlarning dardiga darmon bo‘lish – insoniylikning oliy namunasi ekanini unutmasligimiz, bunday ezgu ish uslubi bizning nafaqat xizmat vazifamiz, shu bilan birga, vijdoniy burchimizga aylanishi kerak», dedi Prezident so‘zining yakunida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu yig‘ilishda pensiya va nafaqalar 12 foizga oshirilishi va urush qatnashchilariga 15 million so‘mdan berilishini ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring