Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident administratsiyasi rahbari boshqa lavozimga tayinlandi

Prezident administratsiyasi rahbari boshqa lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, endilikda prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi prezidentning 2018-yil 26-avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan, unga 2018-2022-yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarlik qilgan.

2022-yilning 16-iyulida Nizomiddinov ishdan ketgach, uning o‘rnini Sardor Umrzoqov egallagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring