Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident administratsiyasi qaysi «Mehribonlik uyi»ni otaliqqa olishi ma’lum bo‘ldi

Prezident administratsiyasi qaysi «Mehribonlik uyi»ni otaliqqa olishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sharoiti og‘ir bo‘lgan «Mehribonlik uylari»ni Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimlari va boshqa davlat tashkilotlari otaliqqa oladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi – Yashnoboddagi 30-son, Vazirlar Mahkamasi – Yunusoboddagi 23-son va Davlat xavfsizlik xizmati – Bo‘kadagi 15-son «Mehribonlik uyi»ni otaliqqa oladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura – Samarqand shahridagi 1-son, Chegara qo‘shinlari – Buxoro shahridagi 32-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligi – Marg‘ilondagi 1-son, Bojxona qo‘mitasi – Qo‘qondagi 12-son «Mehribonlik uylari»ga biriktiriladi. Mudofaa vazirligi esa Andijon shahridagi «Bolalar shaharchasi» bilan shaxsan shug‘ullanib, yil yakuniga qadar ularning barcha muammolarini hal etib beradi.

«IIV vaziri Po‘lat Bobojonov Baxt shahridagi tarbiyasi og‘ir o‘g‘il bolalar maxsus kollejini otaliqqa olib, u yerdagi bolalar tarbiyasiga Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev bilan tengma-teng javob beradi», dedi davlat rahbari.

Avvalroq 16 ta «Mehribonlik uyi» va 4 ta «Bolalar shaharchasi» Milliy gvardiya ixtiyoriga o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring