Prezident Administratsiya rahbariga topshiriq berdi
Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor so‘ngida Prezident Mirziyoyev yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar islohotlar natijadorligini oshirish uchun muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, Administratsiya rahbariga yig‘ilishda kun tartibida bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Jumladan, Umrzoqovga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga yangi tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlari hisobot berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter