Prezident Abdulla Aripovni Bosh vazir lavozimiga tayinladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «A.N. Aripovni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Abdulla Nigmatovich Aripov O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlandi.
Bugun, 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqib, yashirin ovoz berish yo‘li bilan uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qullagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter