Abdulaziz Komilovga qo‘shimcha vazifa yuklandi
Prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Hafizovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida sobiq tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Komilov davolanishda ekani ma’lum bo‘lgan, so‘ngra u boshqa lavozimga o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter