Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 44 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qildi

Prezident 44 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami munosabati bilan 44 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qilish haqidagi Farmonga imzo chekdi. Bu haqida «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Farmonga binoan, 7 nafar shaxsning jazosi to‘liq bekor qilindi, 11 nafari jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod etildi, 12 nafar shaxsning jazosi yengiliga almashtirildi, 13 nafar shaxsning jazo muddati qisqartirildi.

Afv to‘g‘risidagi Farmon natijasida ozodlikdan mahrum etilgan 30 nafar mahkumlar o‘z oilalari bag‘riga qaytdi.

Afv etilganlarning 23 nafari taqiqlangan tashkilotlardagi faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring