Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 215 nafar mahkumni afv etdi

Prezident 215 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekistan 24» telekanalida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida imzolangan hujjat bilan 215 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 3 nafari jazodan to‘liq ozod qilingan, 127 nafari — jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi, 12 nafariga esa tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. Jami 142 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish joylaridan yaqinlari bag‘riga qaytarildi.

Shuningdek, 73 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum etish jazosi qisqartirildi, yana bir mahkumning jazosi ozodlikni cheklash shaklidagi jazo turiga o‘zgartirildi.

Afv etilganlarning 14 nafarini ayollar, 12 nafarini 60 yoshdan oshganlar, 69 nafarini xorij fuqarolari hamda 15 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring