«Prava» va’da qilgan shaxsning «misi chiqdi»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro E.S. fuqaro M.F.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik), va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter