Chet el fuqarolariga yashash uchun ruxsatnoma berish muddati qisqarmoqda
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash uchun guvohnomalarni olish tartibi soddalashtirilmoqda.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 yanvardagi «Xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqini berish bilan bog‘liq qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 7-son qarorida so‘z boradi.
Qo‘shimchasiga, arizalarni onlay-tizim orqali ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek boshqa davlatlardan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashashga ruxsatnoma berish haqida arizani ko‘rib chiqish 98 kundan 68 kunga, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 10 tadan 8 taga qisqarmoqda;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 128 kundan 68 kunga, ko‘rib chiqish bosqichlari esa 11 tadan 8 taga qisqarmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.01.2023 yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter