Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 400 dollarga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoroda 400 dollarga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Kogon tumani Beklar mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan A.Sh. bir fuqaroni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 400 AQSh dollari talab qilgan

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9-yanvar kuni soat 17:20 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Sh. Buxoro shahar Abduxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida «Matiz» rusumli avtomashina salonida talab qilingan pullarni olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

A.Sh. bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida uning vositachi kim ekanligi aniqlanib, tadbir davom ettirilganda, gumonlanuvchi A.Sh. shu kuni soat 22:30 larda Kogon tumani Xo‘ja Yakshaba mahallasida joylashgan kasb hunar maktabi oldida, «imtihon operatsiyasi» ni bajaruvchisi 1997-yilda tug‘ilgan H.A. ga 400 AQSh dollarini bergan vaqtda, H.A. ham qo‘lga olindi.

H.A. ham o‘zining vositachi ekanligini, “bajaruvchi” boshqa shaxs ekanligini bildirganligi sababli tezkor tadbir yana davom ettiriladi.

Bu safar gumonlanuvchi H.A. Buxoro shahridagi «Kitoblar olami» savdo majmuasi avtoturargohida jinoiy sherigi Kogon tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan Sh.J. ga o‘sha fuqaroni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 400 AQSh dollarini bergan vaqtda Sh.J. ham jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning a’zolari A.Sh., H.A. va Sh.J. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring