Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p turkmanistonliklar kelmoqda — statistika

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p turkmanistonliklar kelmoqda — statistika

Foto: Freepik

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,5 ming nafarga yoki 3,1 barobarga oshgan.

E’tiborli jihati, yanvar-fevral oylarida mamlakatimizga tijoriy maqsadlarda kelgan chet elliklar orasida salmoqli o‘rinni qo‘shni turkmanistonliklar egallashgan — 12 013 nafar yoki jami kelganlarning 71 foizi.   

O‘zbekistonga 2024 yilning dastlabki 2 oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan:

  1. Turkmaniston — 12 013 nafar;
  2. Tojikiston — 2 937 nafar;
  3. Afg‘oniston — 582 nafar;
  4. Xitoy — 260 nafar;
  5. Turkiya — 243 nafar;
  6. Hindiston — 167 nafar;
  7. Janubiy Koreya — 133 nafar;
  8. Qirg‘iziston — 101 nafar;
  9. Eron — 65 nafar nafar;
  10. AQSh — 61 nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring