«Prava» bo‘yicha haydovchilarga zarur bo‘lgan tartibni bilasizmi?
Milliy haydovchilik guvohnomalarini berish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqaro belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Haydovchilik guvohnomasi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga beriladi.
Bunda quyidagi miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi:
- nazariy imtihon topshirish uchun – BHMning 10 foizi;
- har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun – BHMning 15 foizi;
- avtomototransportlarni, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun – BHMning 10 foizi;
- har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun – BHMning 15 foizi.
Ariza beruvchi nazariy imtihondan o‘tgan taqdirda, unga darhol avtomatik tarzda amaliy imtihonga ruxsat beriladi hamda 2 oylik muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi.
Agar ariza beruvchi nazariy imtihondan o‘tmolmasa, 7 kundan so‘ng imtihonni takroran topshirishi mumkin.
Ariza beruvchi sun’iy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda amaliy imtihonlarni topshiradi.
Ariza beruvchi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, unga milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Mazkur guvohnomani berish uchun BHMning 70 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter