Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtdagi maktab o‘quvchilari sham yorug‘ida dars o‘tishdi

Poytaxtdagi maktab o‘quvchilari sham yorug‘ida dars o‘tishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi 280-maktabda o‘quvchilar sham yorug‘ida mashg‘ulot o‘tayotgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Chilonzor tumani hokimiyati holatga izoh berib, bu surat shu yilning 6 dekabrida olingani, o‘sha kuni maktab joylashgan mavzeda katta nosozlik yuz bergani, shu sababli o‘quvchilar chiroqsiz dars o‘tishganini ma’lum qildi.

Rasmiy munosabatda qayd etilishicha, maktab joylashgan hududda ortiqcha yuklama bo‘lgani tufayli transformator podstansiyasida shaxmat taxtasi tartibida elektr quvvati vaqtincha o‘chirilgan.

O‘sha kuni maktabdagi 66 ta sinfxonadan 17 tasida elektr ta’minoti bo‘lmagan. Bulutli ob-havo tufayli ertalab sinfxonalarda odatdagi kunlarga qaraganda yorug‘lik pastroq bo‘lgani uchun o‘qituvchilardan biri o‘z tashabbusi bilan sham yoqib dars o‘tgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, elektr ta’minotidagi muammo bo‘yicha maktab ma’muriyatining Chilonzor tuman xalq ta’limi bo‘limi va hokimlik huzuridagi shtabga xabar yetkazilgan va shunga ko‘ra 7 dekabr kuni tarmoqdagi muammo tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan bartaraf etilgan.

Hozirda maktab elektr quvvati bilan to‘liq ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring