Poytaxtdagi FHDYo arxivlarini raqamlashtirish boshlandi
Toshkent shahridagi FHDYo arxivlarini raqamlashtirishga start berildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Germaniyaning «MICROBOX» GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qurilma Davlat xizmatlari agentligi tomonidan keltirilgan. Uning yordamida Toshkent shahar FHDYo organlarida qog‘oz ko‘rinishidagi arxiv hujjatlarining elektron shaklini yaratish (raqamlashtirish) boshlandi.
Mavzuga oid: Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish uchun dunyodagi eng yaxshi uskunalar keltiriladi
Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimi joriy etilgan. Yaqin muddatda FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘lda izlashdan voz kechishi kutilmoqda.
2022-yilning 1-yanvariga qadar avtomatlashtirilgan «FHDYo yagona elektron arxivi» tizimini shakllantirish belgilangan. Buni amalga oshirish uchun dunyodagi eng yaxshi uskunalardan foydalanish esa, shubhasiz, mazkur jarayonni yanada tezlashtirishga imkon yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter