Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt kanalizatsiyasi chiqindilarga to‘lib bormoqda

Poytaxt kanalizatsiyasi chiqindilarga to‘lib bormoqda

Foto: «O‘zsuvta’minot AJ axborot xizmati

Hech kim unitazni axlat chelagi bilan adashtirmaydi. Lekin... Toshkent shahridagi oqova suvlarni tozalash stansiyalarida bo‘lib, poytaxtimiz kanalizatsiyasi orqali oqib kelayotgan turli maishiy, hatto ishlab chiqarish chiqindilariga ko‘zi tushgan inson bu fikrga e’tiroz qilishi aniq.

Toshkent shahrining Bo‘zsuv aeratsiya stansiyaga Qoraqamish va Janubi-g‘arbiy kollektorlardan sutkasiga 630 ming kub metr oqova suv kelib tushmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida oqova suvdan maxsus moslamalar orqali ushlab qolingan maishiy (aholi tomonidan kanalizatsiyaga tashlab yuborilayotgan oziq-ovqat qoldiqlari, yelim idishlar, kiyim-kechaklar, bolalar tagliklari va hokazo) va sanoat chiqindilari (ishlab chiqarish korxonalari tomonidan kanalizatsiyaga tashlanayotgan to‘qimachilik qoldiqlari, kushxona chiqindilari kabilar)ning hajmi 292 tonnaga yetgan. Bu haqda «O‘zsuvta’minot AJ axborot xizmati xabar berdi.

Vaholanki bu ko‘rsatkich 2017 yilda 110 tonnani, 2018 yilda 182 tonnani, 2019 yilda 164 tonnani tashkil qilgan. Ko‘rish mumkinki, kanalizatsiyaga tashlanayotgan maishiy va sanoat chiqindilarining hajmi yildan yilga oshib bormoqda.

Kanalizatsiya tizimidagi buzilishlarning aksariyati esa yuqoridagi keltirilgan holat kabi, unitaz yoki kanalizatsiya qudug‘iga maishiy va sanoat chiqindilari tashlanishi oqibatida sodir bo‘ladi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, bugungi kunda «O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan ayni yo‘nalishda targ‘ibot ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, kanalizatsiyadan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlanib, iste’molchilarga tarqatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring