Izmirni zilziladan so‘ng suv bosdi (video)
Turkiyaning Izmir hududida yuz bergan zilziladan so‘ng Egey dengizida kichik sunami yuzaga kelib, dengizga yaqin hududlarni suv bosdi. Bu haqda Telegraf xabar berdi.
Seferihisar’da son durum... #deprempic.twitter.com/YMpAsjMP0j
— Son Dakika TV (@sondakikativi) October 30, 2020
Videodan ko‘rish mumkinki, Egey dengizidan ko‘tarilgan suv Izmir ko‘chalarini egallagan. Toshqin o‘z yo‘lida duch kelgan narsalarni oqizgan. Bunday holat Seferlixisar shaharchasida ham kuzatilgan.
Suv bosgan hududlarda qisqa muddatli vahima ko‘tarilgan, biroq dengiz suvi tez orada ortga qaytgan. Faqat dengiz bo‘yi hududlari ko‘proq zarar ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter