Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poroshenko Ukraina konstitutsiyasini jahondagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri deb atadi

Poroshenko Ukraina konstitutsiyasini jahondagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri deb atadi

Foto:«AP»

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan so‘zlagan nutqida mamlakatning Asosiy qonunini jahondagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri deb atadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Bugun Ukrainada konstitutsiya kuni nishonlanmoqda. Qabul qilingandan buyon o‘tgan 20 yil ichida u bir qancha jiddiy o‘zgarishlarga uchragan va umuman boshqa hujjat qabul qilinishi to‘g‘risidagi taklif referendumga qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu narsa amalga oshmadi.

«Bizning milliy konstitutsionalizm allaqachon 300 yilga borib taqaladi. Bugungi Ukraina konstitutsiyasi ulug‘ getmanning va uning avlodlarining g‘oya va prinsiplariga asoslangan, dunyodagi eng demokratik qonunlardan biridir. Butun Ukraina amal qiladigan qonun-qoidalarni hurmat qiling va ularni birgalikda himoya qiling!» — deya yozgan Pyotr Poroshenko «Facebook»dagi sahifasida.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring