Poroshenko ijtimoiy tarmoqni cherkovga qiyosladi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko cherkovni ijtimoiy tarmoqqa qiyosladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Menga har qanday ijtimoiy tarmoq Moskvada joylashgan ofisdan turib boshqarilishi yoqmaydi. Aytgancha, cherkovlar ham xuddi shunday, ular ham bir hisobdan ijtimoiy tarmoq», — degan u Kiyevda talabalar bilan uchrashuvi chog‘ida.
Ukrainada hozirgi vaqtda Ukraina kanoniy pravoslav cherkovi faoliyat yuritmoqda. Cherkov Moskva patriarxatligi ostidagi o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda pravoslav dunyosi tan olmagan cherkov tuzilmalari — «Kiyev patriarxatligi» va Ukraina avtokefal pravoslav cherkovi faoliyat yuritadi.
2017-yilning bahorida Ukraina bir qator rus internet resurslariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. Ro‘yxatdan bir qator OAV va IT-kompaniyalar, jumladan, «Yandeks» va uning barcha servislari, «Mail.ru Group» va uning tarkibiga kiruvchi «VKontakte» va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlari joy olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter