Diniy maskanlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita uch oy muddatda tashkilot va idoralarga biriktirilgan muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni dinlar tasnifi bo‘yicha (islomiy obidalar, yahudiylik, xristianlik, buddaviylikka oid ziyoratgohlar va boshqalar) to‘liq xatlovdan o‘tkazadi.
Bu haqda 30 aprel kuni imzolangan «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida so‘z boradi.
2022 yil 1 sentyabrga qadar respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati shakllantirilib, Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtiriladi.
Shuningdek, xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar ro‘yxatidagi ob’yektlarning «chorlov nuqtalari» turizm yo‘nalishlariga kiritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter