Poroshenko: «Aminmanki, Sevastopol ustida yana Ukraina bayrog‘i hilpiray boshlaydi»
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining «Twitter»dagi sahifasida Sevastopol shahri kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi hamda #KrimSeUkraїna xeshtegini olib chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda. Shuningdek, Poroshenko Sevastopolda Ukraina bayrog‘i hilpirashiga «shubha qilmasligini» aytdi.
«Qadimgi Xersonesning avlodi, qahramon shahar Sevastopol Ukrainanikidir. Aminmanki, Sevastopol ustida Ukraina bayrog‘i hilpiray boshlaydi va Ukraina madhiyasi kuylanadi», — deya yozdi u «Twitter»da.
Poroshenkoning ko‘pchilik kuzatuvchilari uning gaplaridan kulishgan va bir foydalanuvchi uni Sevastopolga kelishga va odamlar bilan suhbatlashib Qrim Rossiyaniki bo‘lganiga, kelajakda ham shunday bo‘lib qolishiga ishonch hosil qilishga chaqirdi.
Sevastopol shahri kuni 14-iyunda nishonlanadi.
Poroshenko va ko‘pchilik ukrainalik siyosatchilar Qrim Ukrainaga tegishli ekanini ta’kidlab keladilar. Ammo 2014-yilda Qrimda o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra u Rossiyaga qo‘shib olingan edi.
Ukraina va G‘arb davlatlari Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini xalqaro huquq normalariga zid deb hisoblaydi va uni Ukraina hududi deb biladi.
Moskva esa o‘z navbatida Qrimdagi referendum xalqaro huquq normalariga hamda BMT ustaviga mos tarzda o‘tganligini ta’kidlab keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter