Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Popda endi qiz tomon mebel sotib olmaydi

Popda endi qiz tomon mebel sotib olmaydi

Foto: O‘zA

«Endi avvalgiday istihola qilmayapmiz, qat’iy nazoratni o‘rnatyapmiz. Talabimiz shu – bundan keyin mebelni kelin tomon sotib olmaydi. Yigitlarda oriyat va g‘urur bo‘lsa, bu tartibga amal qilishadi» — dedi Pop tumani 2-FXDYo bo‘limi mudirasi Gulnora Alimova O‘zA muxbiriga bergan intervyusida.

G.Alimovaning ta’kidlashicha, tuman hududi kattaligi bois bu yerda 2 ta FXDYo bo‘limi faoliyat yuritadi. Unga biriktirilgan hududda o‘tgan yilda 680 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2018-yilning 2 oyida 65 tani tashkil etmoqda.

Gulnora Alimova
Foto: O‘zA

To‘y va marosimlar milliy qadriyatlarimizga mos o‘tkazilmoqda. Masalan, to‘ydan bir kun oldin bo‘ladigan kuyovning o‘rtoqlari va qizning dugonalari qatnashadigan «Zags» marosimi bekor qilindi. Qiz tomon nahorda beradigan osh yo‘q qilindi. To‘yoldi shahar aylanishlari, boshqa ortiqcha marosimlar o‘tkazilmayapti. Masalan, «Olmazor» mahallasida Nusratullo Ahmedov hamda Odina Rahmonaliyevaning namunali nikoh to‘yi barchaga ibrat bo‘ldi. Nikoh to‘ylariga bunday munosabat kelgusida ajrimlarning oldini olishga ham xizmat qiladi.

Gulnora Alimova

O‘tgan yilda tumanda 2 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, sud qarori bilan 231 ta nikoh bekor qilingan. Joriy yilning o‘tgan 2 oyida bu ko‘rsatkich 176 ta oila hisobga olingan, shu yilning 2 oyida barbod bo‘lgan oilalar tumanda 42 tani tashkil qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring