Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘yga borsang to‘yib bor, ammo quruq qaytma» yoxud 250 ming dollarlik soatlar

«To‘yga borsang to‘yib bor, ammo quruq qaytma» yoxud 250 ming dollarlik soatlar

Bill Geyts, Mark Sukerberg, Ivanka Tramp va Riannalar tashrif buyurgan o‘sha mashhur nikoh to‘yi esingizdami?

Umuman olganda, dabdabasi bilan butun dunyo ahlining og‘ziga tushgan ushbu marosim to‘y ham emasdi.

Ha, Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambanining o‘g‘li Anant Ambani va milliarder Viren Merchantning qizi Radika Merchantlarning naq bir necha oy davom etgan shov-shuvli marosimlaridan so‘ng va nihoyat haqiqiy nikoh to‘ylari ham bo‘lib o‘tdi.

Naq konsertga aylanib ketgan to‘yoldi marosimining o‘zidan yaxshigina pul ishlagan mashhur mehmonlar to‘ydan quruq qaytishmadi.

Mumbaydagi 27 qavatli saroyda bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yiga tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar 3 kunlik to‘ydan so‘ng 18 karatli pushti tilla bilan bezatilgan, orqa tomoni sapfirdan, bog‘ichi ko‘k timsoh terisidan ishlangan naq 250 000 AQSh dollarlik qo‘l soatlarini taqib qaytishdi. Ular orasida taniqli aktyor Shohruxxon ham bor edi.

600 million dollardan ko‘proq xarajat qilingan bunday dabdabali to‘y yoshlarning kelgusi hayotidagi baxtini nechog‘liq ta’minlab berishini bilmadik, ammo buni eshitgan qo‘shtirnoq ichidagi “orzu-havasli“ ayrim odamlarimiz to‘y to‘yday bo‘lib, mahallada duv-duv gap bo‘lsin, deya bunday dabdabalarni urfga aylantirib olishmasa bo‘lgani.

Siz to‘yingizga qancha sarf-xarajat qilganingizni eslay olasizmi? Xo‘sh, hozir baxtlimisiz?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring