Hindistondagi eng boy insonning uylanish to‘yi boshlandi
Kecha oqshom Mumbayda Hindistondagi eng boy inson — 29 yoshli Anant Ambanining uylanish to‘yi boshlandi.
Anant Ambani — milliarder Mukesh Ambanining vorisi. Forbes nashri 2024-yilda Mukesh Ambanining boyligini 123,7 milliard dollarga baholagan.
To‘yga $320 mln sarflanishi aytilmoqda. Butun dunyodan baobro‘ odamlar kelishi munosabati bilan shahar markazidagi ko‘chalar yopilgan.
Hindistonning eng boy oilasi quvonchiga sherik bo‘lish uchun Buyuk Britaniya sobiq bosh vazirlari — Boris Jonson va Toni Bler, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va boshqalar tashrifi kutilmoqda.
To‘yni qizitish uchun jahonning eng nomdor qo‘shiqchilari chaqirilib, millionlab dollar sarflandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter