Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polshada «legioner kasalligi» avj oldi: 11 kishi vafot etdi

Polshada «legioner kasalligi» avj oldi: 11 kishi vafot etdi

Polshaning Jeshuv shahri davlat inspeksiyasi 11 kishi «legioner kasalligi»dan vafot etganini ma’lum qildi. Mamlakat janubida yashovchi 144 nafar fuqaroda bakteriya infeksiyasi aniqlandi.

Ayni vaqtda xavfli kasallik bilan og‘rigan 32 nafar bemor shifokorlar nazoratida ekani aytilmoqda.

Avvalroq Polshada legionellyozdan sakkiz nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Legionellyoz («Legionerlar kasalligi») - bu pnevmoniyaning xavfli shakliga olib keladigan bakterial infeksiya, shuningdek, eng og‘ir holatlarda hayotiy organlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Legionella ko‘pincha suzish havzalari, favvoralar va havoni namlantirgichlarda uchraydi. Bakteriya tozalanmagan suv orqali ham, uning bug‘ini nafas olish orqali ham yuqishi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, legionella infeksiyasi konditsionerlarda ham uchraydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring