Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha Ukrainaga endi qurol bermayapti

Polsha Ukrainaga endi qurol bermayapti

Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskining aytishicha, hozir Ukrainaga qurol berilmayapti, chunki mamlakat o‘z armiyasini qurollantirish bilan band. Bu haqda u Polsat telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Ukraina o‘zini Rossiyaning shafqatsiz hujumidan himoya qilmoqda va men bu vaziyatni tushunaman, lekin aytganimdek, biz o‘z mamlakatimiz himoyasini ham o‘ylashimiz kerak. Endi Ukrainaga qurol bermayapmiz, chunki hozir Polshani qurollantiryapmiz», — dedi Moravetski.

Moravetskining bayonoti Kiyev va Varshava o‘rtasida Ukraina donini eksport qilish borasidagi kelishmovchiliklar fonida ommaviy axborot vositalarining keng e’tiborini tortdi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Polsha Kiyevga uch milliard yevrodan ortiq harbiy yordam ko‘rsatgan. Bu ta’minotlar orasida o‘q-dorilar, zirhli va og‘ir texnikalar, qiruvchi samolyotlari bor edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring