Politiso: Fransiya ukrainalik askarlarni yashirincha o‘qitmoqda
![Politiso: Fransiya ukrainalik askarlarni yashirincha o‘qitmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3741355788.png)
Fransiya Ukraina harbiylari uchun yashirincha «ixtisoslashtirilgan» mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Amerikaning Politiso nashriga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari maslahatchisiga ko‘ra, Parij ukrainalik askarlarni ommaviy tayyorlashdan bosh tortgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri 40 ga yaqin ukrainalik askarni, asosan, «Sezar» o‘ziyurar gaubitsalaridan foydalanishga o‘rgatgan.
Buyuk Britaniya «ixtisoslashtirilgan» mashg‘ulotlar o‘tkazilishi mumkinligiga shama qilgan. «Buyuk Britaniya asosiy ta’lim berishga qaror qildi. Biz ko‘proq maxsus ta’lim beramiz. Biz sizga qilayotgan barcha ishlarimizni aytib bermoqchi emasmiz», – deya iqtibos keltiradi nashr.
Politiso nashriga ko‘ra, NATO tarkibida o‘quv bazasini yaratish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Biroq alyansning ayrim a’zolari bu choralar Moskvaning NATO mudofaa ittifoqi emasligi haqidagi da’volarini tasdiqlaydi, deb hisoblamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter