Politsiya geroin sotayotgan 90 yoshli kampirni qo‘lga oldi
Chelyabinsk viloyatida politsiya 90 yoshli rossiyalik kampirni geroin bilan savdo qilgani uchun hibsga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari xabar bergan.
Nafaqadagi ayol 23-sentyabr kuni 10 gramm giyohvand modda sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Taqiqlangan moddaning og‘irligi katta partiya hisoblanadi, shu bois ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar gumonlanuvchini uy qamog‘iga olish masalasini hal qilishmoqda.
Tergov jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari pensionerning real aybdorlik darajasini, shuningdek, bu harakatlarini mustaqil bajargan yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter