Pol Pogba to‘rt yilga sportdan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
«Yuventus» klubining fransiyalik futbolchisi Pol Pogbada o‘tkazilgan doping-test ijobiy natija berdi. Shu tariqa, sportchi to‘rt yilga sportdan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deya xabar bermoqda Italiya OAVlari.
«Pol Pogba birinchi davradagi «Udineze» va «Yuventus» o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan doping testi ijobiy natija bergan bo‘lardi, bunda ikkinchi jamoa g‘alaba qozondi. Sportchining qonida haddan ortiq testosteron moddasi topildi», — deya xabar beradi La Gazette della Sport.
Shunday qilib, sportchi to‘rt yil davomida futbolni tark etishi mumkin. 20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pogba maydonga ham tushmagan.
Pogba jarohati sabab o‘tgan mavsumdagi aksariyat o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi. U yil davomida bor yo‘g‘i 10 ta uchrashuvda qatnashgan. «Yuventus» sportchi bilan 2026-yilgacha shartnoma imzolagan. Pogba 2018-yilgi jahon chempioni va 2016-yilgi Yevropa chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter