Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» Pogba ketishini e’lon qildi

«Manchester Yunayted» Pogba ketishini e’lon qildi

Foto: «AP Images»

Fransiyalik yarimhimoyachi Pol Pogba shu oy oxirida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubini tark etadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Pogba — «MY» tarbiyalanuvchisi, jamoa safida barcha turnirlarda 233 o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol, 51 assistga mualliflik qilgan.

2012-yil yozida erkin agent maqomida «Yuventus» (Italiya)ga o‘tgan, oradan to‘rt yil o‘tib, «Manchester Yunayted» xavbekni qaytarish uchun turinliklarga 105 million to‘lagandi.

Pogba «MY» bilan Yevropa ligasi g‘olibi, Angliya ligasi kubogi sohibi bo‘ldi. Biroq «Yuventus»dagi o‘yinlari va natijalari ancha yorqinroq — to‘rt marta Italiya chempionligini nishonladi. Fransiya terma jamoasida 91 o‘yin o‘tkazib, 11 ta golni o‘z hisobiga yozdi, 2018-yilda jahon chempioniga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring