Pol Pogba Fransiya terma jamoasidan ketganini ma’lum qildi
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning Islom xalqaro terrorizm manbai bo‘lganligi haqidagi bayonotidan so‘ng Pol Pogba xalqaro futbolni tark etdi. Bu haqida «The Sun» xabar berdi.
Aytilishicha, «Manchester Yunayted» yulduzi qarorini juma kuni mamlakat rahbarining gapidan keyin qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad (s.a.v)ning karakaturasi maktabda ko‘rsatilgani uchun o‘qituvchi Semyuel Patining joniga qasd qilingan edi. O‘qituvchiga vafotidan so‘ng Fransiya hukumati tomonidan eng yuqori ordenlardan biri — «Legion d’Honneur» berilgan.
Prezident Makron fransuz tili o‘qituvchisining hayotiga qasd etilishini «islomiy terroristik hujum» deb ta’riflagan.
Pogbaning terma jamoa safidan ketishi yakshanba kuni e’lon qilindi. Aytishlaricha, Pogba hukumat qarorini o‘zi va fransuz musulmonlariga nisbatan haqorat deb qabul qilgan.
Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti Makron karikaturalarni ma’qullashdan oldin «boshini tekshirishi kerak» degan edi. Bu so‘zlardan keyin Yaqin Sharqda fransuz mahsulotlariga keskin boykotlar e’lon qilina boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter