Fojiaga aylangan tomosha: Pokistonning qor bosgan yo‘llarida 21 kishi nobud bo‘ldi (foto)
Pokistonda kuchli qor yog‘ishi oqibatida mashinalari bilan yo‘lda qolib ketgan kamida 21 kishi halok bo‘ldi.
VVS xabariga ko‘ra, ayni paytda harbiylar yo‘llarni tozalab, Murri shahri (poytaxt Islomoboddan shimolda joylashgan tog‘ kurort shahri) yaqinida qor tutqunida qolgan insonlarni qutqarishga harakat qilishyapti.
Ichki ishlar vaziri Shayx Rashidning ta’kidlashicha, qor bo‘roni tufayli minglab avtomobillar muzlagan yo‘llarda qolib ketgan.
Xabarda aytilishicha, kuchli qor yog‘ishini tomosha qilish uchun odamlar 100 mingdan ortiq mashinalarda Murriga yo‘l olishgan. Oqibatda yo‘llarda uzundan-uzoq tirbandliklar yuzaga kelgan. Ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga mashinalar chiqargan tutun gazlari ham sabab bo‘lgani politsiya ma’lumotida keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter