Pokistonga yordam bering!
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan Pokistonga ikki kunlik tashrif bilan kelib ketgandi.
Shundan so‘ng Bosh kotib jahon hamjamiyatiga murojaat qildi.
«Vayronkor toshqinlar oqibatidan aziyat chekayotgan Pokiston xalqi bilan birdam ekanimni bildirish uchun bu mamlakatga keldim. Xalqaro hamjamiyatdan iqlimiy halokatga qarshi kurashishda Pokistonga keng ko‘lamli yordam berishni so‘rayman. Iqlimiy o‘zgarishlar oqibatida sayyoramizni vayron qiluvchi turli yo‘llardan ketishni bas qilaylik! Bugun uning qurboni — Pokiston. Ergaga u sizning mamlakatingiz bo‘lishi mumkin», — deb yozdi Guterrish Twitter dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari Pokistonda kamida 1 300 kishining umriga zomin bo‘lgan, millionlab kishilar boshpanasidan judo bo‘lgandi. Bosh vazir Shahboz Sharif suv toshqinlari oqibatida uning mamlakati «cheksiz» moliyaviy ko‘makka muhtojligi haqida bayonot berib, jahon hamjamiyatidan madad so‘ragandi.
O‘zbekiston harbiy-havo kuchlarining maxsus samolyoti oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlari, boshqa tovarlardan iborat 40 tonnaga yaqin beg‘araz yordamni 2-sentyabr kuni Pokistonga yetkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter