Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi

Foto: «AFP»

Pokistonning Kvetta shahri yaqinidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 16 konchi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Hukumat a’zosi Javid Anvar Belujistonning Margat qishlog‘idagi ko‘mir konida metan gazi portlaganini ma’lum qildi.

Portlashda, shuningdek, 9 nafar konchi tan jarohati olgani aytilmoqda.

Hududdagi konlarda ehtiyotsizlik oqibatida avval ham bir necha marta portlash kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring